Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Juma kungi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 6 mln nafar yoshlar ishtirokida 10-apreldan mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan topshiriq berdi. Buning uchun har bir viloyatga 100 mln so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy na’munalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting